Respublika maxsus komissiyasi 25 yanvardan xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga ekspress test olish tartibini bekor qildi. Bunda tashrif buyuruvchilar kamida 48 soat oldin topshirgan manfiy PZR-test ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.
O‘zbekistonga kirayotganlardan ekspress test olish tartibi joriy qilinishi navbatlar va odamlarning noroziligini yuzaga keltirdi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bir kun ichida mamlakatga tashrif buyurgan 15 mingdan ortiq kishining 151 nafarida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Maxsus komissiya qarori bilan 15 yanvardan O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etilmoqda. Test topshirish narxi so‘m ekvivalentida 5 AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. Talabalarga 50 foiz chegirma beriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirusga antigen ekspress test olish tartibi 15 martdan bekor qilinadi. 15 martdan salbiy PZR testi bilan (oxirgi 72 soat ichida olingan) O‘zbekistonga kirishga ruxsat beriladi. 25 martga qadar natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy laboratoriyalar ro‘yxati tuziladi.
COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi. Gripp va koronavirusga qarshi vaksinalar soddalashtirilgan tartibda olib kelinadigan dorilar ro‘yxatiga kiritildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting